Бош сахифа » 2011 » Май » 28 » “ЎЗБЕКНАВО” ДА РЭПЕРЛАРнинг навбатдаги учрашуви.
05:29
“ЎЗБЕКНАВО” ДА РЭПЕРЛАРнинг навбатдаги учрашуви.
27 май куни соат 15.00 да «Ўзбекнаво»
эстрада санъат бирлашмасида, ҳозирги кундаги хонандаликда, реп йўналиши
борасида навбатдаги йиғилиш бўлиб ўтди. Унга ҳозирги кунда реп йўналишида ижод
қилаётган ёшлар таклиф қилинган бўлиб, улар орасида хонанда Руслан Салиев
(Mr.Slan) ва рэпер Шохрух Шодмонов, ҳамда рэпер Сема ҳам бор эдилар. Бу галги
йиғилиш аввалгисидан бироз фарқ қилди.
Йиғилишда биринчи йиғилишдан сўнг,
ўтган вақт ичида бўлган ўзгаришлар ҳақида сўз юритилиб, "Ўзбекнаво” қошидаги
Ижодий марказ ҳақида, ёш рэперларга ижод масаласида, фикр борасида ҳам ижодий
ёрдамлар берилиши, рэп санъатини тўғри йўналтира билиш зарурлиги тўғрисида
фикрлар алмашилди. Шунингдек, йиғилишда ҳозирги кундаги қизлардан ёш рэперлардан
бири Нилуфар Нурсаидова (Nilu)нинг ижоди ҳақида, илиқ фикрлар билдирилди.
Йиғилишга келган рэперлар, ҳозирги
кундаги баъзи интернет сайтларда, рэп санъатини тушунмайдиган баъзи ёшлар
тарафидан, билиб-билмай куйланган рэп қўшиқлар қўйилаётганлигини, бу туфайли
бошқаларда рэп ҳақида нотўғри тушунча пайдо бўлиши мумкинлиги, бунинг жабрини
эса, рэп санъатида чинакам ижод қилмоқчи бўлаётган ёш рэперлар тортиши
мумкинлигини ҳам, айтиб ўтишди. Бу мавзу рэперлар орасида баҳсга сабаб бўлди.
Йиғилишда ёш рэперлар ўзаро фикр
алмашиб, мулоқотда бўлдилар ва рэп санъатини ривожлантириш борасида биринчи
йиғилишдан сўнг, бугунги кунгача бўлган вақт ичида, ўзлари жавоб топишга
қийналган саволларга, жавоблар олдилар.
"Ўзбекнаво” раҳбари Азамат Ҳайдаров: - Бундан олдинги биринчи йиғилишда, ёш
ижодкор рэперларни кўплари билан танишгандик. Уларнинг ижодини ҳеч ким тушунмаётгандек эди. Шунинг учун, улар
ўзларича изланаётган эдилар. Ҳозир ҳам, баъзилар уларнинг ижодидан камчилик
қидиради назаримда, худди эстрада билан лирикада ижод қилаётганлар, бир-бирини
тушунмаётгандек. Лекин, бу ёш ижодкорларга ижодий ёрдам керак, фикримча. Ҳозирда
биз, бу ёш ижодкор рэперлар билан суҳбатлашиб, уларнинг ижодини тўғри
йўналтиришга ҳаракат қиляпмиз. Бошқалар ҳам келишсин, мурожаат этишсин, уларнинг
ижодини юзага чиқарамиз. Уларга имкон беришимиз керак, менимча. Ҳозирча улардан
лицензия сўралмайди. Чунки, улар ҳам томошабин олдига чиқишлари керак, деб
ўйлайман.
Йиғилишда шунингдек, "Ўзбекнаво”
мутасаддилари томонидан, ёш рэперлардан ўз ижод намуналарини тақдим этишлари мумкинлиги
ҳам айтилиб, улар ичидан кучлилари саралаб олиниб, "Ўзбекнаво” томонидан
ўтказилаётган "Марду майдон” жонли ижро фестивалида қатнашишлари мумкинлиги ҳам
айтиб ўтилди ва улардан бир нечталари йиғилишнинг ўзидаёқ жонли ижро фестивалида
қатнашиш учун, ўз ижод намуналарини тақдим этдилар.
Феруза Фаттохова
"Марди майдон"; Рэп йўналишида ижодни танладингми, демак унинг қоидасига хам амал қил! Жонли ижрони эплайсанми?
reperlardan faqat Shoxruxni reper deb bilaman,kupini tinglab kelyapmanu quwigida mani yuq tez kulasa buldi znachit bu rep,repni tuwunmaydigan rep deb qabul qilaveradi..........
Reperlani ijodiy qulap quvatlab yönaliw bergan bilan kutlgan natija 4qiwi dargumon. Shoxruh wu yönaliwda ijod qladgan yagona va asl ijodkor. Shoxruhga omad va ijodiy barkamolik tilayman!
O'zbek repi deganda ko'pchilikning ko'z oldida Shoxrux gavdalanadi uning ko'p qo'shiqlari yillar davomida o'lmay bir hilda yashab kelmoqda ayniqsa falsafiy ma'nodagi qo'shiqlarni maromiga yetkazib kuylaydi bunday qo'shiqlar "Abadiya"albomida talaygina.Shoxruxdan yana mantiqiy replarni kutamiz.Shoxruxga omad!
Tenglam kurdim Shahriyorni REPini menga umuman yoqmadi.Nima haqida kuylayabdi tushunib bo'lmaydi.Na bir ma'no na bir mantiq.Shu ham REP bo'ldimi.O'zidan boshqa hech kim tushunmagan bo'lsa kerak qushiqni ma'nosini.Yana jonli ijro emish.Fanagramma bo'lganda yahshiroq bo'larmidi balki.Hali REP qiroli bo'lishiga ancha bor.
salom Sardorino saytiys prosta super i pomoemu etot sayt v Uzbekstane nomer 1 ijodiysga gap yoq xaqiqat pryam v lisosiga etadigan shaxs sifatida saytdan sizi tanidim konechno bu paxtayam komplementammas qozonda bori chomichga chiqqani ot vsey dfushi vam jelayu udachi a tak ijodiys daxshat reperlaga kesak ulayam ijod qilishvotiyu lekin SHOXRUX reperdakamasde u baribirigayam rep yonalishi boyicha boshqaladan eng ustun va birinchi bosa kerak SHOXRUX takrorlanmas reper unga omad...
Hali tanilmaganla ichida, Shoxruxdan zo'rlari ko'p, poverte mne, shunchali rap muzikadan uzo sila-ki, boshqani eshitmagansila, tak shto Shoxrux 1-deb karillash ne to. Tem bolee haqiqiy repper o'zi so'zlarini yozishi shart va freestyle maxoratiga ega bo'lishi lozim. Shoxruxda esa unisiyam, bunisiyam yo'q)))))) Faqat pul. Sudite sami
Xurmatli Maqola Muallifi, agar Шохрух Йўлдошев deganda Shoxrux repperni nazarda tutgan bulsangiz, unda uni familiyasi SHODMONOV. Kerakli uzgartirish kiritarsiz degan umiddaman.
Garb San'ati Sharqnikidan juda farqlanadi,"REP"(ritm va sher)yunalishi HIP- Hop va JAZZ yunalishidan oldinroq kelib chiqqan.
REP tarihi juda sayoz ,kelib chiqishi: garbiy afrikada "qullar" uchun Rep uslubi qullanganilgan.2 ta asosiy turi mavjud: "Freestyle va Battle rapping".
REP : Afro-American ijod yunalishiga mansub,XX asrning ,20 yillarida vujudga kegan.bu yunalish "SATANIZM" deb ham ataladi,nasizm kayfyatini berish havfi kuchli.
HULOSA:
REP inson psihologiayasiga va soglom jamiyatga juda salbiy kursatadi,jismoniy aggressivlikni quzgatadi,uch olish ,gazablanish darajasiga olib keladi.
Uzbegim magrurlansa arzidi uzini maqom va milliy qushiq yunalishi bilan,yoshlani ongini hech qachon bunaqa "kelgindi" san'at yunalishi bilan zaharlamelik.
Milliylikka nima etsin, yigit kishiga 40 hunar oz ,yigitla bundan yahshiroq hunar bilan shugullannishsa yahshi bulardi.REP UZBEGIM UCHUN EMAS...
ESTRADANI birinchilardan uzbek san'atiga olib kelganlardan biri BOTIR ZAKIROV buladi,ustoz kurgan ,musiqadan tal'im olgan,bir necha tilladda qushiq kuylay olgan...Urta Osyoda 1 chilardan FRANCE da(Butun olam qolaversa) uz SOLO konsertini bergan....
BOTIR ZOKIROV ESTRADANI KLASSIKA yunalishida IJOD QILGAN.U SAN'AT DURDONASI,SHEDEVR...7 yoshdan 70 yoshgacha muhlislari bulgan
Lekin savol Tugiladi?
REP YUNALISHINI MUHLISLARI KIMLAR UZI? ULAR QANDAY MADANIYAT va SAVIYAGA EGA?????? UMUMAN INSONNI (Cultural)tugri tarbiya eta oladimi???????????????????????????????
JAVOB:REP ijodkorlari ustoz kurmagan,bu tanqid emas HAQIQAT. ULARNI USTOZLARI HALI TUGILIB HAM ULGURMAGAN SHARQDA,UZB da.Yangilikka kese GARBDA bu narsa allaqachon JUDA ommalashgan salbiy ma'noda.
REP "MADANIYATNI,TARBIYANI va ESTETIKANI..."buzadi.
No comment - san unda o'sha *****lani ashulasini eshitib jim o'turur. Rap zamonaviy san'at, hammagamas o'z fikrlarini qog'ozga to'kib-yozish va qofiyalashtirish. Bo'magan gaplani valdiravurma hop. Aqling yetmasa, umumana gapirma. Eng haqiqatparvar musiqa yo'nalishi rap bo'ladi gar bilmasang bilib qo'y. MADANIYATNI,TARBIYANI va ESTETIKANI rap emas, sandakala buzishadi, qisqasi yoqmasa eshitma, tang'ur-tung'urini eshitib jim yurur. Kelajak yoshla qo'lida, zamonga tik boq.
Repni san'at sifatida tan olmayman. Bu xuddiki G'arbda ancha ilgari va keyinroq Rossiyada avj olgan nomaqbul jinsiy orientatsiyaning ta'siriga o'xshab tuyuladi. Xo'sh, nega endi o'zbek o'g'loniga sochini mayda o'rib rep aytish kerak bo'pqoldi? Xalqning asosiy qismini tashkil etunchi istagan oddiy sodda o'zbekdan so'rab ko'ringchi rep haqida nima deyarkin?Haqiqat (Rahmatli Muhammad Yusufdan she'r) Yuraging siqilib borib shahardan, Sekin gapga solsang moʻmin dehqonni. Qodiriyni eslar yozuvchilardan, Artistlardan esa — Shukur Burhonni…
Sening tilla gardish koʻzoynaging bor, Lekin berkitolmas u ham ginangni. Nafis jild kitoblar yigʻmassan bekor, Bekor olmagansan pianinangni.
Mana koʻrib qoʻying — Odaliska bu. Ranglarga eʼtibor bering, ranglarga. Behzod chizgilari emas sizga bu. Sanʼatda yetmoq yoʻl boʻlsin bizga bu Nozikfahm rum — faranglarga.
Mana bu Otello. Oʻsha xabash shox. Sahna — Ovrupodir (yana oʻsha yoq). Dunyoda hech kimda yoʻq bunday ovoz, Dunyoda hech kimda yoʻqdir bu nigoh!..
Deysan: bu kitobim ichi toʻla dur, Deysan: bu kitobim bitta nusxadir, Tasvir oʻzi hayot, jumla qisqadir, Lekin baribir…
Lekin baribir, Yuraging siqilib borib shahardan, Sekin gapga solsang otang — dehqonni, Qahhorni eslaydi yozuvchilardan, Artistlardan esa Halimaxonni.
HURMATLI SAYYOD, ILTIMOS SAYTDA BIR BIRINI HAQORAT QILISHLA bumasin,chunki har kim uz shahsiy fikrini bildirib qolishi kerek,
(BU GAP "REAL BOY" degan commentatorga tegishli,u boshqa kommentatorni haqoratlabdi)
Biza RAP ga qarshimiz ,ana AL VAKIL REPERVACCHALAR nima buldi,hammani zaharlab,huliganlik qilib,odam uldirib qamoda jazo olishdi,bu hamma yoshlaga uchun dars!!!
REP ni bizada "odobryat" qilish bu ahmoqlik ,LEKIN vaziyatni ijobiy tomonga uzgartirish uzimizani qulimizada,siz jurnalistlarni qulida,sila oq qorani kupro bilasila
Yuqorida kup kommentlar qoldirilibdi,manga yoqqani "No Komment" yozganlari:juda professional i chin dildan,qushilamiz 100%
biza RAPmi ili REPMi mani ukalarim ,jiyanlarim,yoshlarimiz eshitishini holamasdik.Yoshla undan kura kitob uqishsin,mustahkam professiya egallashsin.
Temur & Sokina & aqrab - Shut up, o.k! Repperchalr)))) Sila birinchi rap yozib o'qib ko'rila ko'ramiza qo'liladan nima kelishini. Chunmagan narsani muhokama qilish silagamas, umuman hech kimga. Birinchi navbat rap san'atini o'rganib chiqila, keyin gapirila. hamma o'ziga yoqqan yo'nalishni eshitsin. Rap sandakalaga qarshi, umuman olganda bu san'at turi ekan, buni toxtatib bo'lmaydi.... Aqrab oynaga qaraginde o'zindan nega man bunaqa zanudaman ? deb so'ra.....
Ee gapirurarkanda tanqid deb, kim aytdi paperlarni hammasini axloqi buzuq deb? Bu quruq tuxmatku. I kim aytdi bowqa sanat turidagilarni hammasini axloqi yaxwi deb? Yuzaki qaraw keremas! Kim nma desa ergawib. Shoxrux uzrapking! Unga omad!
shoxrux ni repper deb bilaman xalos meni waxsiy fikrim bu
Диққат:Ёзиб қолдирилган изох дарров сайтга чиқмайди. Хар бир изох узоғи билан 24 соат ичида текширувдан ўтади. Мабодо бу вақт ўтгач хам сайтда изохингиз чиқмаган бўлса унда чиқарилмаганлик сабаблари қўйидагича бўлиши мумкин:
Сайтимизда сўкиниш, хақорот, камситиш, мазах қилиш, салбий ва диний тарғибот, махалийчилик, миллатчилик, реклама ва қадр қимматни ерга ургувчи АЛОМАТЛАРИ БОР изохлар сайтга чиқмасданоқ ЎЧИРИЛАДИ!
Шунингдек миш-миш бўлиб кетишига сабабчи бўлгувчи тасдиқланмаган маълумотлар, тасдиқланмаган гап-сўзлар хам изохлардан ўчирилиши мумкин!
-Қолдирилаётган изох ўша мақоладан ташқаридаги мавзуда бўлса хам ўчирилиши мумкин.