Бош сахифа » 2013 » Январь » 25 » Тошкент шевасини йўқ қилмоқчи бўлган журналистларга аталади!!!
06:09
Тошкент шевасини йўқ қилмоқчи бўлган журналистларга аталади!!!
Даракчининг УММОН гурухи билан сухбатдаги, шу газетада мусаххих (корректор) бўлиб ишлайдиган Абдулазизнинг танқиди ажаблантирди:
"...вилоятда сизларнинг қўшиқларингизни тинглаётган мухлисларингиз хам Тошкент шевасида "вотти-вотти" деб гапиришяпти. Санъат ва адабиётнинг ўз қонун қоидалари , тили бор. Уларга амал қилиш шарт!"
Нима учун хонандадан адабиёт ўқитувчисини излаймиз? Хонандага педагог ёки домла деган диплом бериладими тушунмадим?
Адабиётнинг тили бордир...вахоланки умуман санъат тушунчаси бу кўнгил, иқтидор ва махорат қоришмасимасми?
Тартиб ва қоида... Салбий тарғибот бўлмаса бўлдику.
Артист халқни хордиғини чиқариш учун бўлса, ундан қандай қилиб хадеб дарсликни талаб қилиш мумкин?
Хамма ўзини ишини қилгани яхшимасми? Нима учун хаммаёқ дарслик бўлиш керак? Шўх таронага рақсга тушаётганимизда сўзлари дарслик бўлиши керакми?
Эфир тили бор! Расмий хужжат тили бор, лекин санъат ва адабиётда қандай тил? Турлари турфаку.
Эфирга чиққан "Ўткан кунлар"даги Зайнабни сўкинган сахнаси нега унда танқид қилинмади???
Фильм бу дерсиз а? Чунки фильм бу санъат тури а? Ундан қандай тил талаб қиляпмиз?
Биласизми, бу биринчи холатмас, бир неча маротаба кўзим тушади шу Тошкент шеваси устидан журналистларни эътирозига. Бошқа чидолмадим!
Нега Тошкент шевасига хамма ёппа ёпишиб олган тушунмайман? Аксарият журналистлар вилоятдан бўлса, нима учун Тошкент шевасини йўқотишга уринишлари керак?!
Фильм Тошкентда кечаётган бўлса, Тошкентликлар хақида бўлса, нега энди танқид қилаётган журналистларни ТИЛИда гапиришга мажбурмиз?
Нима учун БОР нарсани, улар ниқоб қилаётган (асли таги йўқ) ТАРТИБ ҚОИДА хархашаси билан ЙЎҚ қилиш керак?
Адабиёт ва Санъат тушунчаларини ана тахлил қилдим, қанақа тартиб қоида?
Қайтараман эфир, ва расмий хабардан то расмий хужжатлар албатта соф адабий тилда бўлади лекин санъатга, ижодкорнинг қалб тили ва фантазиясига қандай тартиб киритиб бўлади?
Қандай қилиб Тошкентча шевада куйлашни истаган Тошкентликка тақиқ қўйиш мумкин? У йигит шу тилда ўсдику, унга шу қулайку. У қандай қилиб ўз холатини ўз шевасидамас бошқа шевада куйлаши шарт???!!!
Тошкентда яшаб ижод қилаётганлардан Тошкентча шевада ИЖОД ҚИЛ деган талаб қўйилмайдику!
Уммонни тарафини олмаяпман, шунчаки бу интервью сабаб бўлди. Қачонгача Тошкент шевасига тахдид қилишади? Нега бошқа шеваларга индашмайди?
Абдулазиз билан смсда бу хақида гаплашар эканман, аввалига ўзи учун фикримни билдираётганимни айтдим. Лекин сайтга чиқиши хақидаги вазият туғилганида яна бошқа ажратилишга рўбарў бўлдим... 1990 йилдан аввал туғилганлар фикри инобатга олинсин-муш... бу ажратилиш хам тасодифмикан ё асли ажратиш ниятми?
22-23 ёшлик одамни фикри фикр эмасми?
Қўйида сухбатни шунчаки факт сифатида келтираман
Sayyod:- Bu Abdulazizni nomerimi?
Abdulaziz (Мусаххих, корректор):-Xa og'a menman
Sayyod:- Maslahatde: tinchgina korrektorlikni davomlivurin. Jurnalist chiqmasakan. Tanqidiy fikrlariz kulgulik va judayam g'arib...
Abdulaziz (Мусаххих, корректор):-Rahmat lekin maslahatizga amal qilolmasam kerak. Chunki men aytgan gaplarning 10 foizini gazetaga tushirishgan bu meni sizga g'arib kursatgan bo'lsa sizni tushunaman.
Sayyod:- 1.Shevada kuylash bolsa horazmcha lazgiyu surhonchaniyam taqiqlash keremasmi?
2. sanat va adabiyot qoida tartibi? Smeshno! Judayam kulgulik
Honandaga pedagog diplomi berilmaydi u domlalik qilishga yoki tarbiyalashga majburmas. Bu uchun odamni ota onasi, maktabi, instituti va kerak bolsa mahallasi javobgardir. Honanda hordiq chiqaruvchi. O'ynatuvchi. Yig'latyvchi va kuldiruvchi
Artist ne uchitel on ne obyazan diktovat' tarbiya!
Abdulaziz (Мусаххих, корректор):-Bora bora sanat siz kuladigan men yiglaydigan ahvolga kelganini tushundim
Sayyod:- San'at ponyatiye rasstyajimoe i san'atda faqat bir qat'iy qoida va tartib bu ham bo'lsa salbiy targ'ibot bo'lmasligi. Halollik negizi bo'lmoqlik. İqtidor va mahorat natijasi birlamchi.
Man saytga fikrimmi chiqarishnimas. Sizga tanish bo'lganizga gapirdim bu safar. Kelasi safar million auditoriyaga óz fikringizni singdirayotganda sahihlik ma'suliyatiniyam unutmassiz.
Abdulaziz (Мусаххих, корректор):-Ommani oldiga chiqishni bilgan odam ommaga munosibmi yo'qmi o'ylab kurishi kerak emasmi sizningcha?
Sayyod:- Omma artistni tanlaydi artist emas! Munosibmush iya? Halq noloyigini ming chiransayam qabul qilmaydi.
Abdulaziz (Мусаххих, корректор):-Ularni kelajagi bor qachonki chin manoda ustoz kursa... Siz aytgan xorazm shevalarida toshkentlik ustoz xonandalar kuylab kelgan. Nega o'sha ustozla toshken shevada kuylamagan unda? Yoki bu sheva so'ngi yangilikmi?
Sayyod:- Yalla ustozmasmi? Toshkanim onam deb kuylamaganmi? Tushunmadim nega siz Toshkentliklarni ajratvos? Demak u tanqidiz negizida mahalliychilik bor ekanda? Toshkentcha sheva shevamasmi? Prichom tut so'ngi yangilik?
Abdulaziz (Мусаххих, корректор):-Ammo oq qorani hali tanimaydigan mingta yosh ergashsa bu xalq qabul qildi degani emas. Tanqidimni ular tan olgach buni muhokama qilish shartmas og'a.
Sayyod:- İya unda o'zlariga etish bilan kifoyalanmi nega publikaga chiqardiz?
Raz keng ommaga bervosmi nega oqigan odam fikr bildirmasligi kerak?
Yahshi unda bu fikrlarimizniyam saytga qo'yamizmi?
Abdulaziz (Мусаххих, корректор):-Saytga bersaz "1990 yildan avval tugilganlar fikri inobatga olinadi" deb yozing!
Sayyod:- İya nega yosh ajratishim kerak ekan? G'alati ekansiz sheva ajratasiz yosh ajratasiz. Qani demokratiya?
Darakchida hamma shunaqa mahalliychilik va yosh bilan ajratadigan negiz bilan faoliyat yuritadimi?
Yo unaqa yozing !-degan buyruq ustidami?
Abdulaziz (Мусаххих, корректор):-Ular ya'ni avlod ularga tengdoshlaridan ko'ra kattalar baho berishga haqlimasmi? Toshkent hammamizning onamiz men urg'uni sanatga berganman mahalliychilikni nima aloqasi bor bu erda? Bilsaz ona urug'i Xuja Ahrorga avlod u inson esa toshkentlik.
Sayyod:- Voy endi manga tarih zarvaraqlarini varaqlab ozizdan tarihshunosni yasavolib gappi burmangey. Gapizga javob bersezchi
Yigit. Konstituciyani bir varaqlang kimlarda qanday haq huquqdan bilimingiz oshar. Siz sheva ajratyapsiz vaholanki gazetada urg'u adabiylikka berdiz. Fikrizga qarshi chiqib Toshkentlik ustozlar Toshkent shevasida kuylamay Horazmcha kuyladi deyapsizku. Yallani ustoz deb bilmadizmi? Ularni Toshkentcha shevada kuylagani esga kelmagan bo'ladi a? Muhriddin Holiqovniyam Toshkent shevada kuylaganiyam a?
Abdulaziz (Мусаххих, корректор):-Bu sizni fikriz balki shaxsiy faoliyatizga aloqasi bordir. Lekin Darakchi hammamizniki biz atrofga to'gri nigoh bilan qaray olganimiz uchun xalq qabul qilyapti.
Sayyod:- Voyey hammelanikidir no hammamiznikinas))) ona vatan hammamuzniki))
Abdulaziz (Мусаххих, корректор):-Gapizga javob ular sanatimizning haqiqiy ustozlari ular shevada aytgan bulsa ham shunday mohirlik bilan ma'noli so'zlarni topishganki hatto shu shevadagi so'z qushiqnining ma'nosini bergan. Ummonchilar chin manoda ukalarim aka sifatida ularga faqat izlaning qoyil deyman shu yoshda butun yurtga tanildi.
Sayyod:- Manga Ummoni farqi yo'q ularni tarafini olayotganim yo'q. Gap sizni tanqidiy fikringiz juda tor bo'lganligida.
Bahs davomiga hojat ko'rmadim va ilk fikrimga amin bòldim, musahhihlikni qilavering. Sizni fikringiz halqqa yediriladigan bólsa san'at bu g'irt zerikarli ma'rifat darsidan chetga chiqmaydigan darslik Va 23 yoshliklar fikr bildirishga haqqi yoq hamda shevalar ichra Toshkent shevasi órni yo'q degan targ'ibot bo'lardi
Abdulaziz (Мусаххих, корректор):-Agar xozir sizni fikrlariz bilan san'at yashayotgan bo'lsa birinchi o'rinda saytizga xato tekshiruvchi sifatida yordamim kerak bo'ladi Og'a!
Salomat bo'ling!
Sayyod:- Saytim ham darslik emas ozod ijodkor shahsiy sahifasi. Gap harflardamas ma'noda. Kimga ma'no birlamchi kimga esa harflar)) har kim o'zidagi yetishmagan narsani ijodida asosiy hatolik deb bilaversa...))
Saytim darakchidek pullik bo'lganida sizni yollardim. Esizdadir shu hato saytga ishlamoqchi bo'lib shogird tushmoqchi bo'ganlariz. Yo uje hato hotiralarmikan a?
Hayrli tun))
Юқоридаги фикрларимда мен хақман деб бонг урмаётганимни ва бу менинг шахсий фикрларим эканлигини билдираман.
Махаллийчиликка қаршиман, вилоятликлар ва уларнинг шеваларига умуман эътирозим йўқ, лекин Тошкент шевасига хадеб тайзиқ бўлавергач, ўз шевамни химоя қилдим холос!
Aql yoshdamas boshda,degan naql bor, vaqti kelganda yoshi katta jurnalistlarimiz xattoki rasmiy xabarlarni öqiganda boshqa tillardan kirib kelgan va allaqachon bizning söz boyligimizga qöshilgan sözlarni xato talaffuz qiliwadi,professional atamalarni-ku,gapirmasa ham böladi,oddiygina "ц" harfi qöllangan sözlarni tög'ri aytishmidi,özbek tilida bu harf yöq digan baxona bilan! Tög'ri jurnalist suxandon emas-ki,undan tög'ri dikciya va chiroyli intonaciya talab qilsak,lekin til va madaniyat targ'ibotida xonandaga nisbatan OAV vakillari ma'suliyatliroq hisoblanishadi,adawmasam. Ayniqsa rasmiy TRK va taxririyat xodimlari! Shunday ekan avval QOIDA dagi narsalarni tög'rilab olib,keyin yoshlarni dunyoqarashi va madaniyati haqida jar solishsin! Bu shaxsiy fikrim!
G'alatiyuu.. Nima 90-yilladan keyin tug'ulganlar aqlan nosog'lom insonlar dip o'yladinmi oldin o'shalarde fikrlavol... Nima endi ustoz sanatkorla xorazm shevasida kuylagani uchun yosh xonandalaram xorazm shevasida kuylashga majburmi.. Qatdan chiqgan qonun bu..
Кушикчи бу санъаткор, кайси тилда илхои келса, уша тилда куйлайди. Хатто кушикка жаргон сузларни хам кушиши мумкин, чунки улар, айникса, хозирги хамма танкид килаётган ёшлар ХАЛК АРТИСТЛАРИ эмас! Халк артисти булиб, халкка намуна булаётгани хам йук. Улар узлари хам билади, енгил, "оёк" учун кушик куйлаётганини. Ундан ташкари, бутун республикага эфирга кетувчи ТВ курсатувлари вилоятдан келган журналистлару, дикторлар билан тула, биронтаси соф адабий тилда гапирмайди, хар бирининг гапидан кайси вилоятданлигини бемалол билиб олиш мумкин. Бу махаллийчилик эмас, бор-йуги эфир одоби. Аввалги журналист ва дикторлар атай шевасини йукотиш учун сабок олишган, хозиргилар биронта терминни тугри талаффуз килолмайди. Айнан шулар учун адабий тилни талаб килса, аклга сигади, ижодкорни эса, ижодда чегаралаш керакмас, мумкин хам эмас!!!
Salom Sardorbek....rostini aytaman man...lekin siz boshqa jurnalistlarga qaraganda dangalroq uslubda ijod qilasiz...bu juda yaxshi va qiziqarli o'quvchi uchun. Lekin chegarani ham bilish kerak...ba'zida shu chegara chiziqlarini ko'p hatlab o'tasiz...maylikuya, asllik bilan ijod qilaverish kerak...man hech kimni tomonini olmayapman, faqatgin holisona fikrim bu...noto'g'ri tushunmasliklaringni iltimos qilaman...
viloyatdegila Toshkentga kevolib o'zinikini o'tqizishmoqchide. Bu Toshkentni tuzini yeb tuzlig'iga tupurish bilan barobar. Eplasen gapir sanam yoki pista "chaqib" o'tir raz eplomasen kovlamasdan. Bulaga o'xshagan chalasavodlaga gapirishdan foyda yo'q!!!
Daa, qiziqib oqidim ) Abdulazizga o`xwagan odamlani juda ko`p uchrataman, toshkelik boganimga mani yam gap sozimni kop odam tanqid qiladi ya`ni towkentcha shevadigi so`zla ulaga juda galati ewitiladi, ozi bundo oylab qarasam tanqid qiladiganlani asosiy qismi "uzo yaqindan kegan"lar va ulani tanqididgan kegin manam ulani gap soziga etibor beradigan boldim. Togrisi juda qiziq bolarkan)) masalan: Klaviaturada CTRLni "Ezib" turgin didi ) 2ta towkenlik bola otirgandik, yarim soat kuldik, kompyuterni klaviaturasiga qarasam kulgim kevuradi wundan kegin ) bu ulani wevasiga nisbatan tanqidni man bowlamadim, ula kuliwgandan kegin man "uruw"ni bowladim) birovni ustidan kuliwdan oldin, odam ozini iwlarini yam oylab koriwi kere Xurmatli tanqidchi "ONNAKICHILA" !!!
Абдулазизбей, хатоларни кидираверинг яхшиси... А-то оркангиздан каралса сиздан кейин хам газетада имловий хатолар топилади... Шунинг учун битта ишни койиллатиш керак...
tugri yozibdi Abdulaziz. shu Ummonchilani sayoz shevada etgan hamma awulalarini yoshlar etib yuribdi! borib borib o'zbek adabiy tiliniyam yoqotvoriwadi! uni tanqidi to'gri.bu mani shaxsiy fikrim
Сухбатдан куриниб турибдики Абдулазиз - купни курган, огир-босик, том маънода корректор инсон. У жиззакиликни огир босиклик билан енгадиганлар хилидан. Менимча корректоримиз, "Уммон" гурухини факат ёшлар ва ёки маълум бир худуддагилар учун эмас, булки бутун Узбек халки учун ижод килишини сурамокчи. Асл фожеани Саййод укам узизни кизикконлигиздан кидиринг. Худо сакласин махаллийчиликдан, ахиллигимизга куз тегмасин!
Bu bolani aqliy doyrasi juda torakan.fikrlarigayam javob beromagan.Toshkentga kelib ijoda qivotganakan unda Toshkent shevada gapirsin!bo'masa boshqalagayam shevasini yuqtiradi..To'vba kecha zo'rg'a toshkenga kevolib bugun sayrashini.Kecha Toshga keganinda bir joyni bilmi,toshkentli odamladan so'raganinda nega o'sha odamga mani shevamda tushuntirin yo'lni dimagansan?diyomisanam.Endi kim bo'senam kevolib prava ne kochay!
Bu jurnalist O'zbekistonni ichiga Toshkent shahriyam kirishidan havari bomi! tovbaaa prichem tut yosh! bunaqalani upertiy osel diyishadi, bita yo'nalish toffogan usha adabiyot darsi i vse usha yo'nalishda ketuuuradi poka o'zi zerikib o'lib qomaguncha! Vaholanki usha adabiyot darsini ichida Fonetika temasi bor, bu nma haqidaligini hama bilsa kere. Jurnalist manmcha har tomonlama fikrlidigan, dunyoqarashi keng, odami psixologiyasini bladigan bo'lishi kere! agar mashi narsala bo'masa oliy ma'lumotli diplomi bir tiyin! VUZlada o'qib chiqib odam aqlli bo'p qomidi, kere bo'sa o'sha o'qimagan odam sandan aqlliro bo'p chiqadi, buni xulosasi shuki aql yoshdamas, daje oliy ma'lumotli diplomidayammas BOSHDA, KALLADA nitolko kallada, a uni ichidagi MIYYADA !!!
Bu mavzuda baxslashish bu mavzuni ko'tarish o'zi axmoqlik. Chunki judayam pravakatsionniy mavzu izoxlarni o'qib bunga yana bir bor ishonch xosil qildim. Sheva azaldan bor va mavjud xar joyda xar mamlakatda bor. Tog'ri sof o'zbek tilida gapirish k.k ln majburiy emas ijodni oladigan bo'lsak san'atni millati tili bo'lmaydi. Menimcha korektir akamiz shevani emas Ummondi qo'shiq matnlarini tanqit qilmoqchi bo'lganu fikrlari chalkaship sheva tomon burilip ketgan. Masalan ''Bu oqshom'' qo'shiq matnini olsak.Qo'shiqda quyidagi so'zlar mavjud. Bu oqshom ko'zlaring meniki labring meniki bu oqshom ko'ylaging kengmas tor. Bu oqshom lablarimiz yaqinroq. Yoki Yo'qol qo'shig matni. Qanday ekanini bilip bo'ldim ko'nglinga qalbinga xama joyinga kirib chiqib bo'ldim degan so'zlari bor. Korektor shu so'zlarni nazarda tutganu ln maqsadni ochib berolmagan. Mavzuga boshqa tarafidan qarasak shevalarni xaddan ziyod ko'payishi bora bora til buzilishiga bu esa tilni yuqalisiga yoki o'lik tilgacha olip borishi mumkun.
Abdulazizni so'zi rostku. Toshkentliklar, ayniqsa 90 yildan keyin tug'ilganlar, har ikki so'zidan birida ruscha so'z ishlatsa (zamonaviyda), ja....b so'zidan bir kunda 1000 marta foydalansa, bu shevani qanday qilib butun ommaga ko'rsatish mumkin?
ruscha qo'shib gapirmidi dvosmi vuaxaxax... nechmarta guvoh bo'gaman, magazinga krib "XLEB" bering dgan viloyatlilani, znachit siz sof o'zbe tilida gapirassa! vashe boru o'zi bu tegi umuman arzimidigan mavzu...Butun neangloyazichniy yoki bo'masam nerusskoyazichniy xalqla angliyskiy qo'shib gapirishadi, hich kim hich narsa dmidiyu. nme bzanikila o'zligisini xalqini shevasini ne govorya uj rus tilini, ajratishadi a! eng muhimi gapirvotgan odamin chunsa bo'ldiyu, qaysi tilda gapirishi nma hamiyati bor??????
Ijodda qaysi tilda yozish, bu faqat ijodkorni o'ziga bog'liq. Hohlasa etadi, hohlamasa etmidi, hohlasa yarimini etadi. Hohlasa ruscha kuyliydi, hohlasa inglizcha sayriydi.
G'alati! Bitta yurtning bitta millatning farzandi shevaning ustidan shuncha nizo va bir-birini shaxsiyatiga tegishgacha borishgani g'alati! Musahhih sifatida u o'z fikrini bildirgan, bu uning huquqi, siz jurnalist sifatida o'z qarashingizga asoslanib ishlagansiz bu sizning huquqingiz. Ammo buning mahalliychilik darajasiga olib chiqilayotgani va dahanaki jangga kirayotganinglar judayam achinarli hol! Bu holni yo'qotish uchun hammani majburlab bir xil shevada gapiradigan qilib qo'yish kerakmi? Boring ana bu o'sha toshkent shevasi bo'lsin. Shunda o'zini o'zbek deb bilgan hamma bir xil gapirib, mahalliychilik qilishiga hojat qolmasmidi... esiz... va ming afsus...
* 30 Iroda (Бугун 09:17) Umuman notögri gapirdiz , Bitta Abdulazizni deb butun Vodiyni gapirish SHARTAMAS. Bu yerda Vodiylilarni emas ABDULAZIZNI fikri ketyabdi ok
Bitta narsade anu UZB 1 kanalda otala so'ziga o'xshaganro ko'rsatuv bor qarab tursam "bilmiman"ni "bilmayman" olmayman bermayman deb gapiradi eng qizu tarafi BilmaYYYman dib gapirganda g'ashlarim keb ketadi ayniqssa yosh bolachala eplolmiydi shunaqa adabiy gapirishshi shu bilan sohtalashib qoladi hammasi. Ha o'sha rol beradigan indamasin kundalik qanaqa gapirsa gapirsin o'zini qiynamiy roliyam ishonarli chiqardi. Sayyod kak hayotda qanaqa gapirsa shunaqa yozadi o'shanchun tirik maslahat ogande bo'lamiz hammasi jivoy. Haqiqatdan ijodkorga bir narsani majburlash uni ijodini bo'g'ish bilan teng. Hudo hayrini bersin jim turgin ko'rsatsin iqtidorini san'atini. Nima hamma Ummonga yopishvoldi hayronman havotir omela yoshim 31 da va ummuman Ummonni eshitmiman faqat kimlargadur yoqishini bilaman va muxlislari ko'pligidan habardorman.
Bilamiz rus tilida juda "yaxshi " gapirasiz. bilamiz ommaviy, zamonaviy jurnalistsiz (intriga so'zidan boshqa so'zni bilmaysiz). Bilamiz bu sayt erkin sayt. Lekin yozayotgan tekstlarizdan diplomsiz jurnalist ekanligiz shundoq bilinib turadi. Nimaga nuqul ko'cha tilida, rus tilini aralashtirib maqolalar yozasiz??? hamma tushunishi uchunmi??? Adabiy tilda maqola yozsangiz tushunmay qolib, saytingizga tashrif buyuruvchilarni soni kamayishidan qorqasizmi? O'zbek adabiy tilini oziga yarasha me'yor, tartib-qoidalari bor. Siz kim bo'libsizki, asrlar davomida shakllanib kelayotgan bu tilni buzib gapirasiz (gapirishizni ham eshitdik, Yulduz bilan bo'lgan shouda sayrarmikanla deb kutdik, sayrolmadingiz, chunki bu ham qo'lizdan kelmaydi!).
Ответ: Сайёд журналист эмаслигини доим айтиб келган! У эркин ИЖОДКОР! ва бу ёзилган мақола унинг шахсий фикри эканлиги хам ёзилган! Сайёдни ижоди ёқмаса сайтни нега кузатасиз???!!! х тушмаси айна сиз учун! Қум йўқ сайтда!!!
Мақола нима хақидаку сиз нимала ёзвоссиз... ахмоқромисиз?! олдин тушуниб кейин ёзсезчи мани вақтимни олмасдан! Корректор билан танишволин, сиззиям миянгизга корректировка зарур экан!
Да буни факат санъат доирасида тушуниши керак. Адашмасам хамма уз шевасида гаплашиши ёки ижод килиши мумкин. Бу нарсани нотугри тушунмаслик керак. Инсоннинг каерда тугилиб усганлиги унинг кимлигини белгиламайди. У канака ёшда булмасин узининг мустакил фикри булиши керак. Хозирги замонда жуда купларини курмокдамиз. Бу уларнинг узининг ихтиёри кимга канака шевада гаплашиш ёки ижод килиш хар кимнинг узига боглик. Факат фикрларни тугри кабул килиш керак. Бу фикрлардан махаллийчиликка сабаб буладиган нарса ясамаган макул. (Шахсий фикрим)!
Билмадим, нима учун бу мавзуда чукурлашганинингизни. Лекин адабий тилда куйлангани маъкулрок. Хоразмча кушик билан Тошкент шевасида куйланган кушикни кандай солиштирмокчи булаяпсиз???
Nima bo'lganda ham san'atkorni adabiyotdan xabari bo'lishi kerak, ayniqsa o'zi she'r yozib, kuylasa. Xorazm, Surxandaryo tilini, sheva emas bir boshqa til desak ham bo'ladi. Toshkent shevasida oldindan ham qo'shiqlar, asarlar ham bor, Shum Bola filmida ham "votti", qatta degan joylari bor,..,asar bo'lgandan keyin uni to'liq yetkazib berish kerakku. Qo'shiq ham xuddi shunday bir asar, to'liq yetkazib berish uchun kerak bo'lsa shevada ham yetkazib berish kerak. Shevada qo'shiq aytish manimcha Ummonchilardan ham oldin chiqqan, masalan uxlavotti Mario, qattasan ey Mario, uniyam o'zini davrida viloyatdagilar ham yodlab aytgan, yana Jaxongir Poziljonov ham, bundaylarni sanasak, ehhe..Endi O'zbekiston hammamizniki bo'lgandan keyin, bir birimizni shevamizga dushman nazarida emas, mehr berib qarash kerak, bir xalq bo'lganimizdan keyin. Adabiy tilda ham hamma qotirib aytayotgani yo'q, adabiyda aytib ham rasvo qilib yurganlar qancha. Xullas, adabiy tilda rasvo aytgandan ko'ra, sheva bo'lsa ham chiroyli aytgan yaxshi.
Abdulaziz azgina tor doirada qolib ketibsiz,,,lekin SArDOR GAP HARPdamas diganda nimani nazarda tutdiz bu bitta manonigina bermiydi.....bu vijdonizga hovola,Farruh Zokirov va Muhriddinla chegara doirasida kuylashgan shevada ,hozirgila hammalari masu ammo kopchili odammi ensasini qotiradi..surxondaryo va xorazm shevasida kuylashadiku debsiz ,lekin bu shevalarni qoshigini etishligi mumkin ...ammo asosan toshkentli hamyurtlarimiz bu sheva gaplashishganda faqat kulib ,qotish uchungina prikol qilib gaplashashidi xolos....afsus...ming afsus...Toshkent shevasini yuq qilmoqchi bolgan jurnalistlarga debsiz.....uziz ham bilasizu bu shevani yoq qilib bolmasligini
Ответ: ХАРФ сўзи Абдулазизни хатолар хақидаги гапига тўғридан тўғри хеч қандай бошқа маъносиз айтилган гап: Асосийси маъно, харфлардаги хатомас дегани! гапни бурманг!
Тошкент шеваси энг ёкимли ва энг чиройли. Бекорга узбек адабий тилига талаффуз жихатидан Тошкент шеваси асос килиб олинган. Бу ------- хар канча уринмасин Тошкент шеваси абадий бархаёт, хеч ким уни йук кила олмайди.Тошкент шеваси бу узбек адабий тилининг негизи.
Yosh bo'lsa ham o'ylab gapiryapti, fikri to'gri ekan Abdulazizni. Sayyod qizishib emas aql bilan gapirish kerak. Sizni maqqullaydigan gapingizni topa olmadim. Mana men adabiy tilda gapiraman.Olti yil nutq fanini o'qiganman, o'rgandim gapirishdan uyalmayman. To'rt yildan beri nutqdan dars berib kelaman. Agar mening talabam tv. orqali "vottilasa" yoki qo'shiqni vottilab kuylasa men ham norozi bo'lar edim. Hech bo'lmaganda omma oldida adabiy tilda gapirish kerak. Bu meni fikrim albatta.
EPLAGAN QADDINI URSIN. San'atda bunaqa kuyla shevada kuylaw mumkun emas degan joyi yo'q To'ri toshkentni shevasida Kuylavotganlar kòpayib ketdi Bojalar, Ummon,G'iyosbek Najot YANA Bor de 5- 6 ta nimaga bular öz wevasida kuylavotdi degan gap tug'uladi chunki bular öz wevasi bilan faxrlanadi Qòlidan kesa xam ma o'z wevasida kuylawi mumkinu shunday ekan anu wevada kuylavotdi deb tanqid qiliwga asos yöq.
eeee qoilman bizani Toshkenlilaniyam tushunadiganla borakanu yaxshiyam odnoklassniki bor bemalol Toshken shevamizada yozamiz kocha bor Toshken shevada gaplashamiz O'zbek kinolaridan odam uje judayam zerikti hammasida bir-biriga o'xshash ssenariy voqealar rivoji pachti bir xil shevaniku gapirmasayam bo'ladi man o'yliman oxirgi kino shu Janob hech kim bo'ldi shakil Toshken sheva aralash chiqqan undayam 100%masku nu chiroyli chiqqan maza qilib ko'rishli kino chiqqan disam bo'ladi bilmadimu bu mani fikrim. lekin manam 21yoshman Anu Abdulaziz fikrimmi inobatga omasala kere:D . Agar chistiy Toshken shevada kino ishlashsa ot dushiy korardim osha kinoni. Ex Toshkanim onam!!!
SHEVANI GAPIRISH KERAK KO'CHADA ! TELEVEDIYADA EMAS HO'PMI ADMIN KRUTOY YOKI TELEVEDENIYADA ANDIJON YOKI NAMANGAN BUXORO SHEVADASIDA GHSAPIRSA YOQADIMI SENGA SARDOR KOMILOV SAL O'YLAB ISH QILING AKS HOLDA......... . . . . . ..
Salom SAYYOD !!! Keyingi paytlarda tanqid juda ko'payib ketdi. Balki "SAYYOD"ni "TANQID"ga o'zgartirish kerakmikan. Sheva Toshkentniki, lekin san'at XALQNIKI !!! San'atimiz hali inqirozga uchramadi. O'zi shunday ham qo'shiqchilik va kinochilik san'atimiz oyoq osti bo'lib bo'ldi. Qo'shiqlarimizdan matnlaridan bir parcha: "Kecha bergan gulimni molingga beribsan, ha mayli men yangisini olib kelaman, ha meni joniiiiim"...qarabsanki sen "Yilning eng yahshi honandasi" QOYIL !!! Kinolarimizdagi dialoglardan bir parcha: "osilib turgan seniki tushmagan, yopishib turgan meniki tusharmidi"...bunisiga voobshe TASANNO. Ko'cha ko'yda istagan shevangizda so'zlashing, ammo sa'natni ham o'z tili bor. Horazmliklar bundan mustasno, sababi Xorazm tarihda alohida davlat sifatida mavjud bo'lgan. Shuning uchun ham ularning o'z tili va o'z madaniyati bor. Iltimos boy me'rosimizni oldi qochdi narsalarga alishmang XURMATLI tinglovchi va tomoshabin!
Statiya yoziwdan oldin odam oziga qarawi kerak og`a og`a dimasdan yari chala yozadi -----ohwab yo towkencha wevada yoz yoki qatli bolsen owati wevasida yoz agar wunaqa mahalliychilik tarafdori olsen Abdulaziz og`a )) !
Maktabda yaxshiroq o'qish kerak edida Sardorbek. Adabiy tilni bilish kerak. Sardor o'zi siz biror bir oliy o'quv yurtini tamomlaganmisiz? Bu sayt yoki toshkentlik guruhlar faqat toshkentliklar uchunmas balki butun O'zbekiston uchun hizmat qilishmoqda shekilli. Siz shu bizni qo'shiqchilarni tanqid qilasiz-musiqiy biliminigiz bormi, xayotiy xatlarga o'z fikringizni bildirasiz- siz diplomli psixologmisiz.
Танкидлар кандай булишидан катий назар Уммон йигитлари Абдулазизга ука булиб коларкан нима керак ака-укалар орасига совукчилик солиб? Уммон гурухи самимий йигитлар... Керак булса Уммоннинг узи у кишини химоя килиши мумкин. Чунки Абдулазиз уларга кимларгадир ухшаб билганингни кил дейиши хам мумкинку... Лекин ундай демаяпти. Балки вакти келиб Уммонга шеър хам ёзиб берар. Таги Тошкенли экану... Демак у холис ёндашган. Кани эди мени хам шундай акам булса...
Kecharasizu, Sayood mamnimcha Abdulaziz haq. O'tgan asrda yashab ijod qilgan Ismoil Gaspiralibey aytgan ekanlar " Sheva- tilning birinchi raqamli dushmanidir" deb. Siz Yalla yoxud boshqa ustoz sana'tkorlarni aytibsiz Toeshkent sehvasida ijod qilgan deb. Ular kuylayotgan sheva bu adabiy tilga yaqin va so'zlari turfa xila ediku, uni eshitgan xalq chunar edi. Ammo hozirgi ummon yoki boshqa hozirgi qo'shiqchilar saviyasi shu darajada pastki, hatto men ularni bir parcha qo'shig'ini eshitishlikni o'zimga haqorat deb bilaman. O'zim toshkentlikman. Yetti pusht avlodim ham toshkentlik. Lekin men doim adabiy tilda so'zlashishga harakat qilaman. Va yana shuni aniqki, har qanday odam, xox u sanatkor, xox u mardikor, omma oldiga chiqdimi ADABIY TILda gapirishi shart. Bu men oddiy mustaqil jurnalistman, yozayotganlarimga hech kim sariq chaqa to'lamaydi, yoqmasa o'qima degan bahonalar o'tmaydi. Sizni butun O'zbek millati o'qiyapti. O'zbek faqat Ozbda emas, butun O'rta Osiyo, Evropa va Amerikada ham mavjud ekanligini eslatib qo'ymoqchiman. Tanqidni to'g'ri qabul qilasiz degan umiddaman. Zero tanqid qilgan odam tanqidni ham ko'tara olishi kerak.